14:19 / 04.05.2017
20616

Urgutda valyutafurushlar qo‘lga olindi

Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida bir guruh noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar aniqlanib, ushlandilar, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
 
Guruh a'zolari bo‘lgan 1957 yilda tug‘ilgan Q.R, 1984 yilda tug‘ilgan O‘.R va 1988 yilda tug‘ulgan F.R.lar o‘z jinoiy faoliyatlarini Urgut tumanining “Yangi kiyim kechak” bozori atrofida olib borgan. Lekin ularning “Kamangaron” qishlog‘ida noqonuniy valyuta ayirboshlash uchun qilgan harakatlari so‘ngisi bo‘lib qoladigan bo‘ldi. Chunki Samarqand tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ulgan S.T.ga Lasetti rusumli davlat belgisi bo‘lmagan avtomashina salonida 16500 AQSh dollarini 130.350.000 so‘mga noqonuniy ayirboshlab berishayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida qo‘lga olindi. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top