21:45 / 04.05.2017
12802

O‘t o‘chiruvchilar yonayotgan avtomobilni o‘chirishayotganda u portlab ketdi (video)

Internetda Singapurda avtofalokat oqibatida yonib ketgan mashina videosi paydo bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chiruvchilar kelishgan. Videoda o‘t o‘chiruvchilar yonayotgan mashina yoniga kelib uni o‘chirmoqchi bo‘lishganda, mashina portlab ketganini ko‘rish mumkin. Portlashdan keyin o‘t o‘chiruvchilardan biri boshidagi shlemni chetga uloqtirib, yuzini ushlab olgan. Bu holatni ko‘rgan internet foydalanuvchilar o‘t o‘chiruvchi bilan biror kor-hol yuz berganidan xavotir bildirishgan. 

Hammadan ko‘proq Pupa familiyali o‘t o‘chiruvchi jabrlangan. Shifokorlar unda yuz va bo‘yin sohasida birinchi darajali kuyish jarohatlari tashxisini qo‘yishgan. Erkakka tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilgach, unga javob berib yuborilgan hamda o‘zini tiklab olishi uchun 7 kunlik davolanish ta'tili berilgan. 

Top