01:01 / 04.05.2017
29595

O‘zbekiston boks terma jamoasining 9 nafari JCh yo‘llanmasini naqd qildi

Foto: ASBC

Toshkentda Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final bahslari poyoniga yetdi hamda barcha yarim finalchilar nomi ma'lum bo‘ldi. Shu bilan birga, chempionat reglamentiga muvofiq, ushbu musobaqa shu yilning 23 avgust – 4 sentabr kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini beradigan 60 yo‘llanmani taqdim etar edi. 

Ta'kidlash joizki, chorak final bahslari o‘zbekistonlik bokschilar uchun umumiy hisobda omadli bo‘ldi, deyish mumkin. Jamoa 90 foizlik natija bilan JCh-2017 yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi. Birgina 91 kg vazn toifasida qatnashgan Sanjar Tursunov imkoniyatdan foydalana olmadi.

Shunday qilib, 3 may kuni bo‘lib o‘tgan chorak final bahslarida o‘zbekistonliklar quyidagi tartibda ringga chiqishdi hamda ularning to‘qqiz nafari yarim final hamda JChga chiqish vazifasini uddalashdi:

56kg.  Murodjon Ahmadaliyev (g‘olib) – Dorji Nima (Butan)
-91kg. Sanjar Tursunov (mag‘lub) – Vasiiliy Levit (Qozog‘iston)
49kg.  Hasanboy Do‘smatov (g‘olib) – Yerjon Jo‘mart (Qozog‘iston) 
60kg.  Papendang Farrand (Indoneziya) – Elnur Abduraimov (g‘olib)
64kg.  Pan Hung-Ming (Taypey) – Iqboljon Xoldorov (g‘olib)
75kg.  Marsial Eumir (Filippin) – Isroil Madrimov (g‘olib)
52kg.   Jasurbek Latipov (g‘olib) – Visht Kavinder Singx (Hindiston)
69kg.   Shahram G‘iyosov (g‘olib) – Li Singxyon (Koreya)
81kg.   Bektemir Meliqo‘ziyev (g‘olib) – Nig‘matulloyev Shabbos (Tojikiston)
+91kg. Bahodir Jalolov (g‘olib) – Kim Dohyon (Koreya)

Navbatdagi janglar 5 may kuni davom ettiriladi. 

Mavzuga oid
Top