00:30 / 05.05.2017
5341

AQSh vakillar palatasi Obamacare’ning bekor qilinishiga ovoz berdi

AQSh kongressi vakillar palatasi AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning Obamacare nomli sog‘liqni saqlash islohotini yangi dastur bilan almashtirishga ovoz berdi. Bu haqda NBC News axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bunga quyi palataning 217 deputati ovoz bergan, 213 nafari qarshi chiqqan.

Avvalroq 4 may kuni respublikachilar Obamacare’ga qarshi ovoz bermoqchi ekanliklari ma'lum bo‘lgandi. 

Oq uyning rasmiy vakili Shon Spayserning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Obamacare dasturining o‘rnini bosa oluvchi tizimni ishlab chiqishga katta e'tibor qaratib keladi.

Top