10:01 / 05.05.2017
4879

Davlat departamenti AQSh tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishini ma'lum qildi

Foto: AP

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi AQShning amaldagi ma'muriyati uchun ustuvordir. Bu haqda davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert Vashingtonda davlat kotibi Reks Tillersonning ASeAN davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari bilan uchrashuvi yakuni bo‘yicha ma'lum qildi.

"Davlat kotibining ta'kidlashicha, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi AQSh ma'muriyati uchun o‘ta muhimdir, ASeAN esa – bu majburiy hamkor", - deyiladi bayonotda.

U yerda aytilishicha, tomonlar “OTMda tartibni ta'minlash, shuningdek 2016 yildagi AQSh-ASeAN sammiti yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotda aks etgan umumiy prinsiplarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi”. Xususan, gap “barcha bahslarni tinch yo‘l bilan hal qilish, yuridik va diplomatik jarayonlarni to‘la hurmat qilish, shuningdek xalqaro huquqning barcha normalari harakatiga mos kelish” haqida bormoqda.

Top