16:40 / 05.05.2017
10720

Qirg‘izistonda ikkita zilzila yarim soat ichida yuz berdi

Qirg‘izistonda ikkita zilzila yarim soat ichida yuz berdi. Bu haqda Knews.kg respublika FVVga asosan xabar bermoqda.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, 5 magnitudali birinchi yer silkinishi qirg‘iz-tojik chegarasida mahalliy vaqt bilan soat 12:38 da yuz bergan.

Ikkinchi zilzila magnitudasi esa 4 ni tashkil qildi va u Tojikiston bilan chegarada soat 13:03 da qayd etilgan. Chon-Oloy tumanining Qoramiq va Qora-Teyit qishloqlarida yer silkinishi kuchi 4 ballga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top