00:06 / 05.05.2017
28079

Meva va sabzavotlar uchun davlat kamida 40 foiz oldindan haq to‘laydi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, iqtisodiyot vazirligi va moliya vazirligi tomonidan (2017 yil 24 aprelda №2877 raqam ostida) qabul qilingan qarorga ko‘ra davlat buyurtmasi bilan xarid qilinadigan meva va sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xarajatlariga bo‘nak (avans) ajratish tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi 

Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchisi buyurtmachi bilan kontrakt shartnomasi kuchga kirganidan 3 bank kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘nak mablag‘larni olish uchun o‘ziga xizmat ko‘rsatayotgan bankda maxsus hisob raqami ochishi kerak.

Bo‘nak mablag‘larining hajmi kontrakt shartnomasi qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Hujjatda agrotexnika chora-tadbirlarining o‘tkazilish muddati, shuningdek ular sarflanadigan xarajatlarga ko‘ra, bo‘nak mablag‘larini berish muddatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
 
Hujjat davlat tilida qabul qilingan 2017 yil 1 maydan e'tiboran kuchga kirgan.

Hujjatning to‘liq matni, sharhi va unga bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlariga havolalar bilan «O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi» axborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

Sardor Jumashov,
Norma.uz ekspert-yuristi.

Top