23:04 / 05.05.2017
10634

Putin sportning siyosiylashtirilishiga qarshi chiqdi

Foto: kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sport doimo siyosatdan xoli bo‘lishi kerakligini aytib keladi.

"Men sportning biror ijtimoiy yoki siyosiy kontekstga qo‘yilishiga urinishlarga qarshi chiqqanman. Sport inson faoliyatining alohida va noyob sohasidir, u o‘z qoidalari va tamoyillariga asosan mavjud, biroq siyosat bilan hech qanday umumiy jihatga ega emas va ega bo‘lmasligi kerak. Siyosat sportga aralashganda, adolatsizliklar, misol uchun, xalqaro musobaqalarga qo‘yilmagan rossiyalik paralimpiyachilar voqeasi kabi. Vaholanki bu sportchilar ularda ishtirok etishga boshqalar qatori haqli edilar", deb aytgan Putin.    

Putin Rossiya sportda jahon yetakchilaridan biri bo‘lib qolishiga ishonch bildirdi.

"Bizning sportchilar xalqaro musobaqalarda ajoyib natijalar ko‘rsatadilar, jahon rekordlari o‘rnatadilar va oltin medallarni qo‘lga kiritadilar. Boshqa davlatlar kabi, bizda ham sport natijalarida parvozlarimiz va qulashlarimiz bo‘lgan, biroq bu Rossiyaning dunyo sportining yetakchilaridan biri sifatidagi maqomini shubha ostiga qo‘ymaydi", deb qo‘shimcha qilgan Putin.

Avvalroq Putin Rossiyada Olimpiada o‘tkazilishi uchun ariza berilishi mumkinligini istisno qilmagan va mamlakatda doping davlat tomondan qo‘llab-quvvatlanmasligini yana bir bor takrorlab o‘tgan.

Top