19:26 / 05.05.2017
11611

Shahram G‘iyosov finalga chiqqan sakkizinchi o‘zbekistonlik bokschi

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining 69 kg.gacha bo‘lgan bokschilar orasidagi jang bo‘lib o‘tdi. 

Unda o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov Eron vakili Sajjad Kozimzodaposhtri qarshi ringga chiqib, ishonchli g‘alabaga erishdi. 

Bungacha Jasur Latipov (-52 kg), Murodjon Ahmadaliyev (-56 kg), Elnur Abduraimov (-60 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Bektemir Meliqo‘ziyev (-81 kg), Hasanboy Do‘smatov  (-49 kg) va Iqbol Xoldorov (-64 kg) ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi. Endi O‘zbekistonning +91 kg vazn toifasidagi vakili Bahodir Jalolov ringga chiqadi. Uning raqibi suriyalik Muhammad Mulayes.

Mavzuga oid
Top