16:12 / 05.05.2017
6159

Uorren Baffett IBM aksiyalarining uchdan bir qismini sotdi

Foto: Linkedin.com

Uorren Baffett 2017 yilda IBM korporatsiyasining o‘ziga tegishli aksiyalar paketining uchdan birini sotdi. Bu haqida investorning o‘zi CNBC'ga ma'lum qildi. 2016 yilning oxirida IBMning eng yirik aksioneri Berkshire Hathaway bo‘lgan, kompaniya aksiyalarining 81 millioni unga tegishli. 

Bugungi kunda Berkshire Hathaway IBM'ning 50 million aksiyasiga ega. Business Insider'ga ko‘ra, aprel oyi o‘rtalarida Baffetning IBM'ga kiritgan sarmoyasi  2011 yilgi investitsiyalardan 787 million dollarga pasaygan. 

Sotuvlar sababi sarmoyachining kompaniya aksiyalarini baholash sezonlarini qayta ko‘rib chiqishidadir. Zero "yirik kuchli raqiblar" korporatsiya bozorini tortib olishda davom etmoqda. 

Baffet raqiblar nomini oshkor qilmadi, lekin bulut provayderlari, shu jumladan  Amazon Web Services faoliyati serverlar sotuviga yo‘naltirilgan IBM va Dell kabi kompaniyalarga kuchli bosim o‘tkazgan.

IBM'ning aprel oyidagi hisoboti kompaniya daromadi ketma-ket 20 chorak davomida pasayishda davom etayotganini ko‘rsatdi. 

IBM aksiyalari narxi 160 dollarda to‘xtaganida Baffet ularni sota boshladi. 

Mavzuga oid
Top