11:32 / 05.05.2017
26292

O‘zbekistonda Tojikistondagi kuchli zilzila sezilgan

© AP Photo

Juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:10da Tojikistonda 6,1 balli zilzila ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati ma'lum qildi.

«5 may kuni soat 10.10da Toshkentdan 258 kilometr janubiy nuqtada Tojikiston hududida zilzila ro‘y berdi. Zilzila magnitudasi 5,9 ga teng bo‘lgan», — deyilgan vazirlik xabarida.

Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Hodisa oqibatida keltirilgan talofatlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Bundan oldinroq Toshkent shahri aholisi 4 balli zilzila kuchini sezgani haqida xabar berilgandi.

Top