10:03 / 06.05.2017
6900

AQSh Saudiya Arabistoniga 11,5 milliard dollarlik qurol sotmoqchi

Foto: Globallookpress.com

AQSh Saudiya Arabistoniga 11,5 milliard dollarlik qurol sotish bo‘yicha shartnoma tayyorlamoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, gap THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimlari, dasturiy ta'minot, qurol-aslahalarning qator turlari haqida bormoqda.

Shuningdek shartnomada to‘rtta jangovar kemani yetkazib berish ham ko‘zda tutiladi.

Aniqlik kiritilishicha, bu shartnomani imzolash Barak Obama ma'muriyati tomonidan ham ko‘rib chiqilgan.

Top