13:58 / 06.05.2017
5247

AQSh terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yangi strategiyani ilgari surdi

Foto: Reuters

Amerika hukumati terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha o‘zining yangi strategiyasini ilgari surdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Hujjatga muvofiq, AQSh ittifoqchilaridan bu borada ko‘proq sa'y-harakatlarni talab qilish niyatida. 

Ta'kidlanishicha, Vashington bu borada harbiy va moliyaviy xarajatlar miqdorini kamaytirishni xohlamoqda. 

«AQSh ma'muriyati milliy xavfsizlik strategiyasini qayta baholamoqda», — degan Oq uy huzuridagi milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Maykl Enton.

Avvalroq, prezident Donald Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida terrorizmga qarshi kurashning «yangi asoslari»ni barpo etishini aytgan edi. 

Top