18:26 / 06.05.2017
33882

Andijon viloyati hokimi Ruslan Chagayevga milliy to‘n kiydirdi

Bir necha kun davomida 9 may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Andijon viloyatidagi harbiy qismlar va huquqni muhofaza qilish idoralari maxsus bo‘limlaridan iborat jamoalar o‘rtasida uchkurash bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda sportning suzish, yugurish, o‘q otish turlari bo‘yicha sportchilar birinchilik uchun o‘zaro kurash olib bordilar. Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari viloyat hokimi Shuxratbek Abdurahmonov hamda tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov tadbirda ishtirok etgan Andijon farzandi, boks bo‘yicha jahon chempioni Ruslan Chagayevga milliy to‘n va do‘ppi kiydirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan R.Chagayev musobaqa g‘oliblarini muborakbod etdi va barcha ishtirokchilarni 9 may Xotira va Qadrlash kuni bilan tabrikladi.

Ma'lumot uchun, Kun.uz Ruslan Chagayev bilan eksklyuziv suhbat uyushtirdi. Yaqin vaqtlarda ushbu intervyu saytda taqdim etiladi. 

Top