22:00 / 06.05.2017
5216

Bundesliga. «Borussiya» eng muhim uchrashuvda g‘alaba qozondi

Germaniya bundesligasining 32-turidan o‘rin olgan besh uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Markaziy uchrashuv Dortmundda o‘tkazildi va unda «Borussiya» «Hoffenhaym»ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki qismida Marko Roys, oxirrog‘ida Per-Emerik Obameyang tomonidan kiritilgan gollar Tuxel shogirdlariga muhim uch ochkoni keltirdi va jamoa aynan «Hoffenhaym»ni ortda qoldirib 3-o‘ringa chiqib oldi.

Shuningdek, chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan «Bavariya» «Darmshtadt»ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Volfsburg» Frankfurtdan g‘alaba bilan qaytdi. «Borussiya» Myongxengladbax esa so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Shuningdek «Bayyor» ham mehmonda durang o‘ynadi.

Germaniya bundesligasi, 32-tur

Borussiya D – Hoffenhaym-1899 2:1 (1:0)
Gollar:
 Roys (4), Obameyang (82) – Kramarich (86, penalti).
Borussiya D: Byurki, Pishchek, Papastatopulos, Ginter, Gerreyru (Bender, 90), Vaygl, Kastro, Roys (Rode, 80), Shmeltser, Obameyang, Dembele (Kagava, 80).
Hoffenhaym-1899: Baumann, Zyule, Xyubner (Salai, 70), Kaderjabek (Tolyan, 58), Tsuber, Rudi, Fogt, Demirbay, Kramarich, Ut (Amiri, 65), Vagner.
Ogohlantirishlar: Roys (11), Ut (15), Kastro (45), Papastatopulos (53), Dembele (57), Demirbay (59).

Bavariya – Darmshtadt 1:0 (1:0)
Gol: 
Bernat (18).
Bavariya: Shtarke, Alaba, Boateng, Rafinya, Bernat, Kimmix (Xabi Alonso, 67), Duglas Kosta, Sanshesh, Riberi, Levandovski, Myuller.
Darmshtadt: Esser, Sulu, Sirigu, Xolland, Banggor, Xeller, Kamavuaka (Rozental, 80), Altyntop, Vranchich (Sem, 66), Gondorf, Platte (Shipplok, 59).
Ogohlantirishlar: Sirigu (61), Rafinya (86).

Ingolshtadt-04 – Bayyer 1:1 (0:0)
Gollar: 
Kittel (73) – Xavertts (78).
Ingolshtadt-04: Xansen, Brejyeri, Tisseran, Zuttner (Lyaypertts, 90), Matip, Gross, Kristiansen (Leks, 84), Lekki (Kittel, 46), Koen, Xaderdjonay, Leskano.
Bayyer: Leno, Dragovich, Yedvay, Vendell, Xenrixs, Xavertts, Baumgartlinger, Arangis (Kampl, 77), Mexmedi (Beyli, 74), Kissling, Folland.
Ogohlantirishlar: Lekki (23), Arangis (35), Folland (60), Xenrixs (68).

Borussiya M – Augsburg 1:1 (0:0)
Gollar: 
Han (90) – Finnbogason (57).
Borussiya M: Zommer, Vestergor, Kristensen, Elvedi (Shtrobl, 78), Shults, Benesh (Kramer, 67), Daud, Hofmann, Xerrmann (Traore, 58), Han, Shtindl.
Augsburg: Xitts, Xinteregger, Gaueleu, Stafilidis, Maks (Kayubi, 85), Kor, Bayyer, Xalil Altyntop (Chji Don Von, 60), Shmid, Verxag, Finnbogason (Bobadilya, 90).
Ogohlantirishlar: Finnbogason (23), Shtindl (78), Kor (87), Han (90).

Ayntraxt F – Volfsburg 0:2 (0:0)
Gollar: 
Didavi (48), Gomes (63).
Ayntraxt F: Gradetski, Xektor, Ochipka, Tavatxa, Varela, Gachinovich, Shtendera (Tarashay, 52), Fabian, Chendler, Rebich (Blum, 67), Xrgota (Seferovich, 67).
Volfsburg: Kastels, Vollshayd, Knoxe, Yung (Blashchikovski, 84), Gerxardt, Bazur, Gilavogi, Arnold, Didavi (Malli, 80), Ntep (Viyeyrinya, 73), Gomes.
Ogohlantirishlar: Gachinovich (27), Gerxardt (59), Kastels (73).

Top