20:07 / 06.05.2017
19696

Qozog‘iston bokschilari ilk oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Foto:Daniyara Maylybayeva

Toshkentda poyoniga yetib borayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati -91 kg vazn toifasida final jangi ham nihoyasiga yetdi. Shu bilan bugungi bahslar yakunlandi. Musobaqaning ushbu vazn toifasida oltin medali uchun ringga qozog‘istonlik tajribali bokschi Vasiliy Levit hamda hindistonlik Sumit Sangvanlar chiqib kelishdi. 

Hakamlar qaroriga ko‘ra, qozog‘istonlik Levit raqibini mag‘lub etdi va jamoasining birinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. 

Aytish joizki, Qozog‘istonning yana ikki nafar bokschisi Ablaixon Jussupov hamda Kamshibek Kunkabayev oltin medal uchun o‘zbekistonlik bokschilar Shahram G‘iyosov va Bahodir Jalolovlarga qarshi ringga ko‘tarilishadi. 

Mavzuga oid
Top