18:26 / 06.05.2017
29356

Kun fotosi: Prezident talabi amalda yoki davlat maslahatchisi va hokim aholi tomorqasida

Ma'lumki 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan tegishli davlat idoralari rahbarlari joylarga chiqib, aholi murojaatlari bo‘yicha ishlamoqda.

Suratda: Prezident davlat maslahatchisi T. Xudayberganov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z. Ro‘ziyev (orqada) odamlar hovlisida

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

Taqdim etilgan fotosuratda esa Prezident devonining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati rahbari T.Xudayberganov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyevning mahalliy aholi vakillaridan birining tomorqasida yurganini ko‘rish mumkin.

Top