Oliy tibbiy ta'lim muassalari 6 yillik ta'lim tizimiga o‘tadi

Foto: Ibodat SOATOVA.
Prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorni imzoladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmatida xabar berildi.
Mazkur hujjat qabul qilinishidan maqsad - tibbiy ta'lim sifatini oshirish, oliy va o‘rta maxsus professional tibbiy ta'lim tizimini eng yaxshi xalqaro tajribalar darajasida bosqichma-bosqich shakllantirish, tibbiy yordam sifatini oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- tibbiy ta'lim muassasalari, shuningdek OTMdan keyingi ta'lim tizimi, mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning uslubiy boshqaruvi orqali tibbiy kadrlarni tayyorlash sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
- oliy va o‘rta maxsus professional tibbiy ta'lim, malaka oshirish uchun davlat ta'lim standartlari va talablarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta'minlash;
- sog‘liqni saqlash mutaxassislarini qayta tayyorlash, shuningdek oliy toifali ilmiy-pedagogik tibbiy kadrlarni tayyorlash;
- o‘qish davrida profil va ixtisoslashgan predmetlar, klinik ta'lim tajribasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini kengaytirish hisobiga tibbiy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi o‘quvchi va talabalarning nazariy hamda amaliy tayyorgarligini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;
- tibbiyotni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarini o‘tkazish uchun professor-pedagoglar tarkibi, bakalavr va magistratura talabalari hamda klinik ordinatorlarni keng jalb qilish;
Qaror quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- tor mutaxassisliklar bo‘yicha oliy toifali tibbiy kadrlarni tayyorlashni keng yo‘lga qo‘yish tizimi: magistratura ta'limi - 2-3 yil;
- klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi - 2 yil;
- bakalavr bosqichida ta'limning klinikagacha va klinik bloklar bo‘yicha o‘quv soatlari ulushini 85 foizga oshirish, shu jumladan klinik ta'lim tajribasi uchun gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini ta'lim davrining umumiy hajmidan 7 foizgacha qisqartirish.
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus professional tibbiy ta'limning yo‘nalishlari belgilab berildi - "hamshiralik ishi", "stomatologiya ishi", "tibbiy profilaktika", "labaratoriya diagnostikasi" va "farmatsiya".
Hozirda bakalavrning "davolash ishi", "professional ta'lim" (davolash ishi), "harbiy-tibbiy ta'lim" (davolash ishi), "pediatriya ishi" yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 2-5 kurs talabalari uchun ta'lim 6 yillik asosiy tibbiy ta'limni ta'minlovchi moslashtirilgan o‘quv rejalari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Shuningdek tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga bu borada bir qator vazifalar yuklatildi.
Mavzuga oid

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

20:38 / 20.03.2025
Tramp ta’lim vazirligini yopmoqda: demokratlar sudga ariza topshirdi

20:49 / 15.03.2025
O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 100 mingdan oshdi

11:02 / 12.03.2025