15:55 / 06.05.2017
7569

Reks Tillerson va Sergey Lavrov  Suriya masalasini muhokama qilishdi

Foto: RIA "Novosti"

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson RF TIV rahbari Sergey Lavrov bilan Suriyada deeskalatsiya zonalarini yaratish bo‘yicha kelishuv mavzusini muhokama qildi. 

Davlat departamentida ta'kidlanishicha, diplomatik missiyalar rahbarlari Ostonadagi kelishuvlar haqida suhbatlashishgan.

Ular Suriyadagi kelishuvlar masalasi bo‘yicha tez orada uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishdi. 

Ta'kidlash joizki, Ostonadagi uchrashuvda Suriyada deeskalatsiya zonalarini yaratish borasida kelishuvga erishildi.

Top