09:09 / 06.05.2017
5972

WikiLeaks Makron elektron maktublarining "o‘g‘irlangani" haqida xabar qildi

Foto: AFP 2017 / Stringer

Maxfiy ma'lumotlarni oshkor qiladigan WikiLeaks tashkiloti Fransiya prezidentligi uchun nomzod Emmanuel Makron qarorgohining elektron maktublari o‘g‘irlangani haqida xabar qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

"#MacronLeaks 2017 yil 24 aprelgacha bo‘lgan yuz minglab suratlar, maktublar va ilovalarga ega. Uning umumiy hajmi 9 Gbdir", — deb yozilgan tashkilotning Twitter sahifasida.

WikiLeaks qayd etishicha, ushbu o‘g‘irlanish "saylovlarga ta'sir ko‘rsatishi uchun juda kech amalga oshirilgan". Ayni vaqtda sayt xodimlari tarmoqqa qo‘yilgan ma'lumotlarning ayrim qismlarini o‘rganmoqda. 

Prezidentlik uchun nomzod qarorgohi bu voqeaga munosabat bildirib, xakerlik hujumlarini qoraladi. 

Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni Fransiya prezidentligi uchun birinchi tur saylovlar bo‘lib o‘tgan edi. Unda Makron 24,01 foiz, uning raqibi Marin Le Pen 21,3 foiz ovoz to‘plagandi. 

Fransiyadagi ikkinchi tur prezidentlik saylovi ertaga, 7 may kuni bo‘lib o‘tadi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ikki siyosatchi saylovchilar ishonchi uchun kurash olib boradi. 

Top