14:10 / 07.05.2017
64364

Prezidentning kutilmagan tashrifi amalga oshirilgan poliklinika rahbari ishdan olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yashnobod tumani hokimiyatida ma'muriyat vakillari va faollar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tumandagi ayanchli vaziyat haqida so‘zladi. Bunday vaziyat ayniqsa prezidentning kutilmagan tashrifi amalga oshirilgan 32-oilaviy poliklinikaga taalluqli ekani qayd etildi.

Prezident poliklinika hovlisini yovvoyi o‘tlar bosib ketganini va oddiy sanitar va gigiyenik normalarga rioya qilinmaganini ta'kidlab o‘tgan.

«Kun.uz» manbasining ma'lumot berishicha, prezident shahar hokimiga ushbu poliklinika bosh shifokorini lavozimidan chetlashtirish, shuningdek, qisqa muxlat ichida tumanning barcha tibbiyot muassasalarini tartibga keltirish topshirig‘ini bergan.

Video: Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdi

Mavzuga oid
Top