01:50 / 07.05.2017
6809

"PSJ" yirik g‘alabaga erishib, "Monako"ga yetib oldi

Fransiya chempionatining 36-turida "PSJ" o‘z maydonida "Bastiya"ni qabul qildi. "Park de Prens" stadionida kechgan o‘yin mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

"PSJ" tarkibida Lukas Moura, Marko Verratti va Markinos 1tadan gol kiritgan bo‘lsa, Edinson Kavani dubl qayd etdi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng parijliklarning ochkolar soni 83ta yetdi va ular bu borada musobaqa peshqadami "Monako" bilan tenglashib oldi. Biroq "Monako" "PSJ"ga nisbatan 2ta o‘yin kam o‘tkazgan. 

PSJ – Bastiya 5:0 
Gollar: 1:0 – 32 Lukas Moura, 2:0 – 35 Verratti, 3:0 – 76 Kavani, 4:0 – 82 Markinos, 5:0 – 89 Kavani.
PSJ – Trapp, Markinos, Maksvell, Mene, Tiago Silva, Matyuidi (Nkunku, 83), Rabo, Lukas Moura (Gonsalu Gedesh, 75), Verratti (Lo Chelso, 81), Draksler, Kavani.
Bastiya – Leka, Djiku, El-Kautari, Bengtsson, Keyta, Mostefa, Oniange, Ngando (Nanjis, 73), Sent-Maksimen (Danik, 58), Kulibali, Krivelli (Diallo, 88).
Ogohlantirishlar: Leka (35), Mostefa (59), Mene (74).

Mavzuga oid
Top