09:55 / 07.05.2017
5304

«Shaxtyor» 10 karra Ukraina chempioniga aylandi

Foto: Unian

«Shaxtyor» Ukraina premer-ligasi chempionati pley-offining 6-turida «Zarya»ni yutib, o‘ziga chempionlik unvonini ta'minlab qo‘ydi. Uchrashuv Xarkovdagi «Metallist» stadionida bo‘lib o‘tdi va 3:2 hisobi bilan yakunlandi. 

Uchrashuvga mezbonlik qilgan «Shaxtyor»da gollarni o‘z hisoblariga Fakundo Ferreyra, Ismaili va Ivan Ordets, «Zarya»da esa Igor Xaratin va Emmanuel Dennis yozib qo‘ydilar.

«Shaxtyor» 75 ochko to‘plab, o‘ziga 1-o‘rinni kafolatlab qo‘ydi. 2-o‘rinda borayotgan Kiyevning «Dinamo» klubi undan 17 ochko ortda qolmoqda, biroq zaxirada bir o‘yinga ega. «Zarya» 42 ochko bilan 3-o‘rinni egallamoqda. 

Shu tariqa «Shaxtyor» Ukrainaning 10 karra chempioniga aylandi, uning asosiy raqibi «Dinamo» esa bu oliy unvonga 15 marta sazovor bo‘lgan.  

Ukraina premer-ligasi. Chempionlar pley-offi. 6-tur

Shaxtyor – Zarya – 3 : 2

Gollar: 1:0, Ferreyra (38); 2:0, Ismaili (52); 3:0, Ordets (55); 3:1, Xaratin (80); 3:2,  Dennis (88).

Mavzuga oid
Top