23:22 / 07.05.2017
5259

«Spartak» 16 yil ichida ilk chempionlikka erishdi

«Zenit»ning «Terek»ka mag‘lub bo‘lishi tufayli Moskvaning «Spartak» jamoasi eng yaqin ta'qibchisini 10 ochkoga ortda qoldirib, o‘ninchi marta Rossiya chempioniga aylandi.

«Zenit» 27-tur doirasida «Terek»ka 0:1 hisobida yutqazdi va uchinchi o‘rinda qoladigan bo‘ldi. 

Bungacha TsSKA «Amkar»ni 2:0 hisobida yengib, ochkolari sonini 53taga yetkazgandi. Piterliklar esa 52 ochko to‘plagan.

Qizil-oqlar jamoasi oxirgi marta 2001 yilda mamlakat chempionligiga erishgandi.

Rossiya chempionati, 27-tur

Zenit – Terek 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 65 Mbeng.
Zenit – Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Krishito, Jirkov, Yusupov, Garsiya, Shatov, Juliano, Danni (Mollo, 70), Dzyuba (Kerjakov, 83).
Terek – Gorodov, Utsiyev, Semenov, Anxel, Rodolfo, Muhammadiy, Kuzyayev (Grozav, 81), Piris, Lebedenko (Torjye, 66), Ivanov, Mbeng (Sadayev, 76).
Ogohlantirishlar: Muhammadiy (27), Shatov (70).
Chetlatish: Shatov (90).

Top