17:29 / 08.05.2017
4652

Afg‘onistonda ikki kun ichida 40 nafar jangari yo‘q qilindi

Afg‘oniston hukumat kuchlari so‘nggi ikki kun ichida “Tolibon” radikal harakatining 40 nafar jangarisini yo‘q qildi, yana 20 nafari jarohat oldi. Bu haqda Sinxua agentligi politsiyaga asosan xabar bermoqda.

“Tolibon” va hukumat kuchlari o‘rtasida Qunduz viloyatida ro‘y bergan janglarda so‘nggi ikki kunda umumiy hisobda 40 jangari yo‘q qilindi, yana 20 nafari jarohat oldi”, - deya Qunduz politsiyasi rahbari Abdulla Hamidning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Shuningdek Hamidning tasdiqlashicha, janglar davomida to‘rt nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi va yana 17 nafari yaralandi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oxirlarida “Tolibon” “bahorgi hujum” boshlangani haqida ma'lum qilgandi.

 

Top