Fransiyada prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalari e'lon qilindi

Foto: news.qip.ru
"Olg‘a" harakati asoschisi Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 65,82 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi. Bundan Fransiya ichki ishlar vazirligi taqdim qilgan yakuniy ma'lumotlar darak bermoqda.
35 mln ta (98,26 foiz) byulleten ko‘rib chiqilgandan keyin Makronga 20,4 mln saylovchi ovoz bergani ma'lum bo‘ldi.
"Milliy front" partiyasi yetakchisi Marin Le Pen 10,6 mln (34,18 foiz) ovoz to‘pladi va o‘z otasi Jan-Mari Le Penning natijalarini deyarli 2 barobarga yaxshilay oldi. Jan-Mari Le Pen 2002 yilgi prezidentlik saylovlarida 5,5 mln fransuzning ovozini olib, Jak Shirakka mag‘lub bo‘lgandi.
Joriy saylovlarda 3 mln fransuz norozilik sifatida hech qaysi bir nomzodni tanlamagan, 1 mln ta byulleten esa buzib qo‘yilgan.
Le Pen mamlakatning 101 departamentidan bor-yo‘g‘i 2 tasidagina g‘alaba qozona oldi. U Pa-de-Kale departamentida 52,04 foiz, Enada esa 52,91 foiz ovoz to‘play olgan. Qolgan barcha departamentlarda Makron yetakchilik qilgan.
Mavzuga oid

18:16 / 26.03.2025
Fransiyada ijarachi uy egasini «haddan tashqari yuqori» ijara narxi uchun sudga berdi

15:47 / 26.03.2025
Fransiyada samolyot parvoz vaqtida yo‘qolgan telefon tufayli shoshilinch ortga qaytdi

23:51 / 25.03.2025
Fransiyada ikkita samolyot to‘qnashib ketdi - video

12:04 / 24.03.2025