19:40 / 08.05.2017
7037

Italiya politsiyasi IShIDga mo‘ljallangan 37 tonna giyohvand moddani musodara qildi

Foto: RIA

Italiyada IShID jangarilariga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan 37,5 tonna giyohvand modda musodara qilindi, deb xabar bermoqda Corriere della Sera nashri. Giyohvand modda Genua portida aniqlangan. Yuk uchta konteynerga yashirilgan bo‘lgan. Konteynerlar Hindistondan keltirilgan va Liviyaga jo‘natilishi kerak bo‘lgan.

Giyohvand moddalar og‘riqni kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Qo‘lga kiritilgan giyohvand moddaning qiymati 78 mln dollardan ko‘proqqa baholangan.  

Top