23:11 / 08.05.2017
6505

Makron «Olg‘a!» partiyasi raisi lavozimini tark etdi

Foto: news.pn

Fransiyaning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makron 14 may kuni davlat rahbari lavozimiga kirishishi munosabati bilan «Olg‘a!» partiyasi raisi lavozimini tark etdi. Bu haqida partiya bosh kotibi Rishar Ferran matbuot anjumanida ma'lum qildi. «Olg‘a!» partiyasi Twitter'ida shu haqida xabar berildi. 

An'anaga ko‘ra, saylovlardan keyin yangi prezident o‘zining partiyalardagi lavozimlarini tark etadi. Ferranning so‘zlariga ko‘ra, partiya raisi vazifalarini vaqtinchalik bajaruvchi etib Katrin Barbaru tayinlangan. 

Bundan tashqari, Rishar Ferran partiya nomining «Olg‘a!»dan  «Olg‘a, Respublika!»ga o‘zgarganini ma'lum qildi. U iyun oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida partiya barcha saylov uchastkalarida Fransiya Milliy kengashidagi o‘rinlar uchun kurash olib borishidan voqif etdi.

Mavzu
Fransiyada prezident saylovi
11 nafar nomzod Yelisey saroyi uchun kurash olib bormoqda. Fransiya konstitutsiyasiga muvofiq, birinchi turdan so‘ng ikki nomzod qoladi. Ular saylovning yakuniy bosqichida ishtirok etadi. Ikkinchi tur 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Barchasi
Top