08:07 / 09.05.2017
7147

Foto: Uber taksi xizmatining ilk yuk mashinasi

Foto: @travisk

8 may kuni Uber taksi xizmati bosh direktori Trevis Kalanik tvitterda Uber Freight xizmati nakleykasi tushirilgan yuk mashinasi suratini chop etdi. Avvalroq Kalanik "Uber anchadan beri yuk tashishlar bilan qiziqishini" aytgandi.

"Bu murakkab, qiziqarli va nozik jihatlardan xoli bo‘lmagan biznes. Unga kirish oson bo‘lmaydi, biroq bu meni ilhomlantirmoqda", deb aytgan Kalanik.

Uber kompaniyasi Freight xizmati yordamida haydovchi va buyurtmachilardan 15-20 foiz haq oluvchi vositachilarni bartaraf qilmoqchi. Kompaniya oddiy Uber’dagi kabi, yuqori talab bo‘lganda katta miqdorda haydovchilarni jalb qilish uchun koeffitsiyentlar oshirilishiga yo‘l qo‘yadi. Yuk tashishlar narxi ko‘plab omillar: yonilg‘i, sug‘urta va yuqori inflyatsiya ta'siri ostida o‘zgarishi mumkin. Biroq kompaniya Freight modeli vositachilar bilan ishlagandan ko‘ra samaraliroq bo‘lishiga umid qilmoqda.

2016 yil oktabrda Uber AQShda Uber Freight xizmati sinovdan o‘tkazila boshlanishini e'lon qilgandi. O‘shanda kompaniya ushbu xizmatni 2017 yilda ishga tushirishi ma'lum qilingandi.  

2016 yil yozida Uber haydovchilar va buyurtmachilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishga imkon beruvchi xizmatni yaratish bilan shug‘ullanayotgan Otto kompaniyasini xarid qilgan. Bundan tashqari, Otto’da o‘zi boshqariluvchi yuk mashinalar ishlab chiqish ishlari olib borilgan. Bu xizmat yordamida birinchi yuk tashish 2016 yil oktabrda amalga oshirilgan – kompaniya Lavlend shahridan Kolorado Springs shahriga 50 mingta Budweiser pivosi bankasini yetkazib bergan. Rasman boshqa sinovlar o‘tkazilmagan, biroq Otto yuk mashinalaridan hukumat bilan kelishilmagan holda Kaliforniya yo‘llarida foydalanilgani qayd etilgan.

Foto: @travisk

Avvalroq AQShda yuk mashinalari haydovchilari va buyurtmachilarni vositachilarsiz dastur yordamida bog‘lashni rejalashtirgan bir necha kompaniya yo‘lga qo‘yilgan.  

Mavzuga oid
Top