14:24 / 09.05.2017
5372

Xitoyda yuz bergan YTH tufayli janubiy koreyalik o‘n nafar bola halok bo‘ldi

Foto: Ryonxap

Janubiy Koreyaning Pekindagi elchixonasi respublikaning o‘n nafar voyaga yetmagan fuqarosi Xitoy hududidagi yo‘l-transport hodisasi tufayli halok bo‘lganini xabar qildi, deya ma'lum qilmoqda «Ryonxap» agentligi.

YTH Shandun viloyatining Veyxay shahar okrugida mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da (Toshkent vaqti bilan 06:00 da) yuz bergan.

Kichik maktabning 11 o‘quvchisi va o‘qituvchini olib ketayotgan mikroavtobus tunnelda halokatga uchragan, shundan so‘ng yonib ketgan.

Hodisa oqibatida Janubiy Koreyadan bo‘lgan o‘n bola va bir xitoylik o‘quvchi halok bo‘lgan, o‘qituvchi jarohatlar oldi.

Shuningdek YTHda mikroavtobus haydovchisi ham halok bo‘lgan.

Top