15:40 / 09.05.2017
21928

Toshkentda Shomahmudovlar oilasi yodgorligi ochildi

Toshkent shahridagi “Xalqlar do‘stligi” bog‘ida Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haykali ochildi. Ular Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan.

Shomahmudovlar oilasi haykallari avval boshdan haykaltarosh D.I.Ryabichev tomonidan o‘ylangan kompozitsiyada o‘rnatildi.
 
Haykalga to‘rt tomondan – trotuar yo‘laklari yoki zinalar orqali borish mumkin bo‘ladi. Monument kechki vaqtlarda to‘rt tomondan ham yoritib turiladi. Shuningdek, gullar qo‘yishga mo‘ljallangan asos ham o‘rnatildi. Yon atrofdagi hudud ko‘kalamzorlashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, monument 2008 yilda Toshkent shahri chekkasiga ko‘chirilgandi.

Top