17:42 / 10.05.2017
7588

Kremlda Lavrov va Tramp muzokaralari mavzusi aytildi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildiki, TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh prezidenti Donald Tramp uchrashuvi ikki mamlakat rahbarlarining telefon orqali muloqotining davomi bo‘ladi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish masalasi muhokama qilinadi.

Peskov Kremlda Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha reja bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan.

«Hozircha aniq kelishuv yo‘q. Taxminlar ko‘p, biz bu haqda yuz marta, besh yuz marta aytganmiz», — degan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Lavrov uch kunlik tashrif bilan AQShda qolmoqda. U shu tashrif doirasida AQSh prezidenti huzurida bo‘ladi.

Lavrov 10 may kuni, shuningdek, AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan ham muzokara o‘tkazadi va shundan keyin Alyaskaga Arktika kengashi davlatlari vazirlik uchrashuvida ishtirok etish uchun jo‘naydi.

Mavzuga oid
Top