13:37 / 10.05.2017
23704

Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi chog‘ida 20 mlrd dollarga yaqin shartnoma imzolanishi kutilmoqda

Foto: "Kun"

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 11-15 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi bilan borishi haqida avval xabar berilgan edi. Davlat rahbari matbuot kotibi Asad Xo‘jayevning ma'lum qilishicha, mazkur tashrif Xitoy hukumati tomonidan tashkil etilayotgan «Bir makon, bir yo‘l» forumi doirasida bo‘lib o‘tadi. U bu haqda O‘zbekiston milliy matbuot markazida o‘tkazilgan uchrashuvda so‘z yuritdi. Xitoy hukumati tashabbusi bilan tashkil etilgan forumga 40 dan ortiq davlatlar va hukumatlar rahbarlari kelishi kutilmoqda. 

Xo‘jayevning aytishicha, Prezident davlat tashrifi doirasida, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jami 20 mlrd AQSh dollari atrofidagi 100 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilayapti. 

Prezident matbuot kotibi Asad Xo‘jayev

Xo‘jayevning aytishicha, 2016 yilda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmi 4,2 mlrd dollarni tashkil etgan, 8 mlrd dollar miqdoridagi Xitoy sarmoyasi jalb etilgan.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev «Bir makon, bir yo‘l» forumi doirasida boshqa hamkor davlatlar va hukumatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Top