17:15 / 10.05.2017
6743

“Toshkent” aeroportida FVV va IIV ishtirokida o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

2017 yil 8 mayda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida FVV, IIV, aeroport xizmatlari ishtirokida yong‘in xavfsizligini ta'minlash va fuqaro mudofaasi bo‘yicha keng ko‘lamli o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilari tez va hamjihatlikda ishladilar. Unda qutqaruvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari vakillari texnogen va tabiiy halokatlarni bartaraf etish bo‘yicha elementlarni namoyish etdilar.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari va “Toshkent” aeroporti xodimlari favqulodda vaziyatlarda birgalikda harakat qilishni mashq qilishdi. 

O‘quv mashg‘ulotlari natijasida aeroport xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi FVV, IIV bo‘linmalari bilan birgalikdagi harakatining yuqori darajasi qayd etildi.

Mavzuga oid
Top