07:50 / 10.05.2017
9949

Tramp FQB direktorini o‘z lavozimidan bo‘shatdi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp Federal qidiruvlar byurosi direktori Jyeyms Komini o‘z lavozimidan chetlatdi. Bu haqda Oq uy bayonotida ma'lum qilindi.

"Bugun prezident Donald Tramp FQB direktori Jyeyms Komini uning vakolatlari tugatilgani va u o‘z lavozimidan chetlatilganidan xabardor qildi", deb ma'lum qildi  Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser.

"FQB – eng sevimli va hurmatga sazovor institutlardan biri va bugungi kun bizning huquq-tartibot hamjamiyatimiz durdonasi uchun yangi davr bo‘ladi", deb aytgan Tramp.  

Komi bu lavozimga avvalgi prezident Barak Obama tomondan 2013 yilda 10 yillik muddatga tayinlangandi. Komi bu muddatni to‘liq ishlashni rejalashtirgandi.

Komi Trampga qarshi uning "Rossiya bilan aloqasi borligini" tekshirish maqsadida tergov olib borgan. Oq uyda ham, Kremlda ham Trampga qo‘yilayotgan bu ayblovlar rad etilmoqda. Shu bilan birga Trampga saylovlarda yutqazgan Xillari Klinton ham Komini o‘zining mag‘lubiyatida ayblagandi. 

Mavzuga oid
Top