Madridning «Real» klubi Yevropa chempionlar ligasining 1/2 finalida ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra «Atletiko»ni mag‘lub etib (3:0, 1:2) final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Natijada «qaymoqranglilar» YeChL finalida ketma-ket ikkinchi marta o‘ynaydigan bo‘lishdi. O‘tgan mavsumda «Real» «Atletiko»ga qarshi uchrashuvda g‘alaba (1:1, penaltilar bo‘yicha 5:3) qozongandi.
Chempionlar ligasining yangi formati tashkil etilganidan buyon (1992 yildan) hech bir jamoa ushbu musobaqada ketma-ket ikki marta g‘alaba qozona olmagan.
Amaldagi chempionlar kelgusi mavsumda ham YeChL finaliga chiqishi shu kunga qadar to‘rt marta kuzatilgan – «Milan» (1995), «Ayaks» (1996), «Yuventus» (1997) va «Manchester Yunayted» (2009). To‘rttala finalda ham amaldagi chempion mag‘lubiyatga uchragan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yildagi final 3 iyun kuni Kardiffda bo‘lib o‘tadi va unda «Real»ga «Yuventus» raqiblik qiladi.