21:39 / 11.05.2017
8999

Build 2017 - Microsoft’ning yangi yuqori texnologiyali ishlanmalari

10 may kuni Sietl (AQShning Vashington shtati)da boshlangan Build 2017 konferensiyasining ilk kunida Microsoft kompaniyasi bulutli texnologiyalar, sun'iy intellektni takomillashtirish sohasidagi so‘nggi yutuqlar va IT sohasidagi boshqa muvaffaqiyatli ishlanmalarni namoyish etdi.

Azure bulutli xizmatidan foydalanib, Buyumlar interneti (Internet of Things) qurilmalarini boshqarishning mutlaqo yangi usulini yaratgani — kompaniyaning muhim yutuqlaridan biri bo‘lgan. Kompaniyada yaratilgan Azure IoT Edge ilovasi nafaqat uy sharoitlarida, yanada kengroq chegaralarda — ofis, korxona va ishlab chiqarishda Buyumlar interneti qurilmalarining harakatini boshqarishning unikal imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu konsepsiya «aqlli» buyumlarning ko‘plab funksiyalarini boshqarish imkoniyatini beradigan «bulutli shahar» yaratish tomon tobora harakat qilaverish kerakligini taqozo etadi.

Konferentsiyada Sandvick shved kompaniyasining stanoklar parki ishini boshqarish chog‘ida Microsoft Azure tizimining imkoniyatlari namoyish etib berildi. Ko‘plab datchiklar bilan jihozlangan stanoklar olingan ko‘plab ma'lumotlarni real vaqt rejimida bulutli saqlash makoniga uzatib turadi. Oniy lahzada qayta ishlangan ma'lumotlar stanoklar ishini boshqarish imkoniyatini taqdim etadi, xususan, kutilmagan nosozlik yuz berganda stanok ishini to‘xtatishi ham mumkin.

Ishlab chiqarishni to‘liq avtomatlashtirilganda Azure xizmati yordamida ishchilarning yuzini videokameralar orqali translyatsiya qilinayotgan videodan tanib olish funksiyasini ishga tushirish mumkin. Shunday qillib avariya holati ro‘y berganida tizim o‘zi mustaqil ravishda nosozlikni bartaraf etuvchi mutaxassisni izlab topadi va u bilan bog‘lanadi. O‘z navbatida, ishchilar Azure’ga ulangan smartfonlari yordamida kerakli uskunani topish uchun unikal qidiruv tizimidan foydalanishlari mumkin. Tizim foydalanuvchiga uskunaning joylashgan o‘rnini yoki undan foydalangan so‘nggi ishchining ismini ko‘rsatadi.

 

Biroq Azure’ning asosiy funksiyasi — ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta'minlash, avariyali vaziyatni o‘z vaqtida aniqlash, uquvsiz xodimlarning murakkab uskunalarda ishlashining oldini olish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinishini kuzatishdan iborat. Bir vaqtning o‘zida, Azure tizimi yetarli darajada universal hisoblanadi, u muayyan vazifalarni yechishga moslashib, kichik kompyuterlar bilan ham ishlashi mumkin.

Microsoft tomonidan taqdim etilgan yana bir yangilik Harman Kardon bilan hamkorlikda yaratilgan Invoke smart-karnayi bo‘lib, unga Cortana ovozli yordamchisi o‘rnatilgan. Aqlli assistentni ishlatish gadjyet egasiga turli axborotlarni, xususan, ob-havo va boshqa foydali ma'lumotlarni olish imkonini yaratadi. Cortana’ni avtomobillarga ham o‘rnatish, shu yo‘l bilan avtomobil yo‘llaridagi tiqilinchlarni hisobga olgan holda haydovchilarga yo‘nalishni optimallashtirish imkoniyatini taqdim etish ko‘zda tutilgan. Hewlett-Packard ham Cortana’ni o‘z qurilmalarida ishlatishini ta'kidlagan, biroq qaysilarida ekanligini aniqlashtirmagan.

Microsoft kompaniyasining yana bir qiziq ishlanmasi Parkinson xastaligidan aziyat chekayotganlarga taalluqli, bu esa Yer kurrasida 10 million kishi, degani. Kasallik beixtiyor qo‘l qaltirashiga duchor qiladi, insonlarga elementar harakatlarni amalga oshirishda, masalan, qog‘ozga yozishda to‘sqinlik qiladi. Konferentsiyada Microsoft xodimasi tomonidan ishlab chiqilgan bilak tasmasi taqdim etildi, u sensor datchiklar yordamida va kichik vibromotorlar vositasida qo‘llarni qaltirashdan xalos qiladi. Parkinson xastaligiga duchor bo‘lgan Emma ismli qiz bilan bog‘liq hayotiy vaziyat namoyish etilgan. Bilak tasmasidan foydalanib, u qiz qog‘ozga o‘z ismini yozgan va to‘g‘ri chiziq chizgan.

 

Microsoft kompaniyasining navbatdagi mahsuloti ma'lumotlarni qayta ishlamasdan tezkor uzatishni ta'minlaydi. Azure Cosmos DB yangi platformasi Data Migration Service’dan foydalanib, ma'lumotlarni avtomatik rejimda bulutli saqlash makoniga uzatadi. Konferentsiyada Azure Cosmos DB ishi Marvel dunyosidagi oldlariga Temir Odamning barcha do‘stlari va dushmanlarini topish vazifasi qo‘yilgan mashhur qahramonlar misolida namoyish etib berildi. Foydalanuvchilar chat rejimida qahramonlarning dushmanlari va do‘stlari ro‘yxatini olib turishgan. Barcha ko‘rsatilgan ma'lumotlarni keyinchalik murakkabroq ko‘rinishda — jadvallar, grafiklar va sxemalarga aylantirish mumkin.

O‘tgan yili Microsoft kompaniyasining ulkan muvaffaqiyatlari sun'iy intellektni qo‘llash va rivojlantirish sohasida qo‘lga kiritilgan edi. Sun'iy intellektdan foydalanishga asoslangan Kongnitiv texnologiyalar, deb ataluvchi texnologiyalardan hozir insoniyat faoliyatining 29 jabhasida foydalanilmoqda, masalan, robotlar texnikasi va o‘yinlar sanoatida.

Ishlab chiquvchilar, ayniqsa, ingliz tilidagi so‘zlashuvni tanib olish sohasida alohida muvaffaqiyatlarga erishishgan, bu yerda xato ko‘rsatkichi 6 foizdan kam, bu esa sun'iy intellektning bu sohada ilk bor insonlardan o‘zishiga olib keldi. Sun'iy intellekt yordamida turli xizmatlar (Skype, Facebook, Telegram, Slack) uchun botlar ishlab chiqish imkoniyati taqdim etildi. Ushbu funksiya har qanday kompaniya uchun firma va uning xizmatlari haqida kerakli axborot berib turuvchi o‘z botini yaratish imkonini beradi. Masalan, bunday botlar restoranlar assortimenti, menyuda parhez va vegitarianlarga xos taomlar bor-yo‘qligini aytib turishi mumkin.

 

PowerPoint dasturi taqdimotlarni real vaqt rejimida tarjima qilish kabi yangi funksiyaga ega bo‘ldi. PowerPoint Translator sharofati bilan ilova matn/ovozni bir tildan ikkinchisiga avtomatik ravishda o‘giradi. Auditoriya o‘zini qiziqtirgan savollarni berishi mumkin, u ham chiqish qilayotgan insonning ona tiliga o‘giriladi. Bundan tashqari, tinglovchilar taqdimotning borishini Translator mobil ilovasi orqali kuzatishlari mumkin.

 

Ma'lumotlarni qayta ishlashda Azure platformasining bir qismi bo‘lmish va neyron to‘rlari bilan boliq ayrim harakatlarni amalga oshiruvchi Batch AI Training yangi xizmatidan foydalanib, katta samaradorlikka erishish mumkin. Ish oson ko‘chishi va jarayonning arzonlashishi maqsadida barcha ma'lumotlar va hisob-kitoblar Microsoft korporatsiyasi serverlarida saqlanadi.

Suratlar manbasi: 24gadget

Mavzuga oid
Top