18:51 / 11.05.2017
4528

Yevrohudud mamlakatlari yagona parlamenti tashkil etilishi mumkin

Foto: AP Photo / dpa, Stephanie Pilick

GFR moliya vaziri Volfgang Shoyble yevrohudud mamlakatlari yagona parlamentini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. U Yevropa integratsiyasini mustahkamlash maqsadida yaratilishi mumkin.

"Men bu haqda Emmanuel Makron bilan gaplashdim: Yevropa parlamenti a'zolari bilan yevrohudud parlamentini yaratish mumkin edi, u Yevropa barqaror mexanizmiga ko‘mak berishga qodir bo‘lardi", - deya ma'lum qildi Shoyble Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida.

Germaniyalik vazir Fransiyaning yangi prezidenti iqtisodiy dasturining “yevropacha” punktlariga izoh berdi, xususan, yagona moliya vazirligini tashkil etish va yevrohududda yagona byudjyetni olib borish borasida to‘xtalib o‘tdi.

"Prezident Makron va men bir fikrdamiz. Yevrohududni mustahkamlash uchun ikki usul bor: Traktatlarni (YeI uchun asos bo‘lgan Rim kelishuvlari) o‘zgartirish yoki buni hukumatlararo aloqalar pragmatik yo‘li orqali qilish. Traktatlarni o‘zgartirish milliy parlamentlar tomonidan tasdiqlanishi kerak, ba'zi davlatlarda esa buning uchun referendum ham talab etiladi. Ayni damda bu noreal, hozirda biz bor bo‘lgan instrumentlardan foydalanib, oldinga qarab harakatlanishimiz kerak", - deya ma'lum qildi Shoyble. U 11-13 may kunlari Italiyaning Bari shahrida “katta yettilik” moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etmoqda. Muzokaralar markazida barqaror o‘sishni ta'minlash, iqtisodiy notenglikni kamaytirish va kiberhujumlar bilan kurashish bor.

Mavzuga oid
Top