22:36 / 11.05.2017
7347

Putin: Falastin va Isroil terrorchilikka qarshi birgalikda kurashishlari muhim

Foto: RIA

Falastin va Isroil o‘zaro munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashlari va birgalikda terrorchilikka qarshi kurashishlari muhim, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.

2017 yil 11 may kuni Putin Sochida Falastin yetakchisi Mahmud Abbosni qabul qildi.

Muzokaralar natijalariga ko‘ra Putin Falastin-Isroil ixtilofining faqatgina siyosiy, xalqaro huquq asosidagi muzokaralar yechimi bor deb ta'kidlab o‘tdi.

"Shuning uchun ular ikki tomonlama munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashlari, bir tomonlama qadamlardan tiyilishlari, birgalikda o‘zaro manfaatli yechimlarni izlashlari, terrorchilikka qarshi birgalikda kurashishlari muhim", deb aytgan Putin muzokaralar natijalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanda.  

Mavzuga oid
Top