01:16 / 11.05.2017
12196

Tramp FQB direktorini bo‘shatishi sababini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Federal qidiruvlar byurosi direktori Jyeyms Komi o‘z ishini yaxshi bajarmagani sababli o‘z lavozimidan bo‘shatildi, deb aytdi jurlanistlarga AQSh prezidenti Donald Tramp. 

Tramp bunday bayonotni Oq uydagi Oval xonada AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyer bilan uchrashuvi vaqtida berdi. Bu Trampning FQB direktorini bo‘shatishi qaroriga ilk tushuntirishi bo‘ldi. 

Avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens Komi "amerika xalqining ishonchini yo‘qotgani" va prezident uning o‘rniga nomzod qidirayotganini aytgandi.

FQB direktorining bo‘shatilishini AQSh bosh prokurori va adliya vaziri Jyeff Seshns hamda uning birinchi o‘rinbosari Rod Rozenstayn qo‘llab-quvvatladilar.

Mavzuga oid
Top