19:20 / 11.05.2017
15964

O‘zbekistonga kirish uchun berilayotgan vizalar soni ortdi

Foto: Trend News Agency

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning yanvar–mart oylarida TIV konsullik boshqarmasi va mamlakatimizning xorijdagi konsullik idoralari tomonidan 52 ming 224 nafar chet el fuqarolariga, jumladan 19 ming 197 nafar sayyoh va 8 ming 613 nafar ishbilarmonga O‘zbekistonga kirish huquqini beruvchi vizalar taqdim etilgan, deb yozadi O‘zbekturizm matbuot xizmati.

2016 yilning shu davriga nisbatan solishtirilsa, joriy yilda berilgan vizalarning umumiy sonidagi o‘sish 6 foizni tashkil etgan, sayyohlik vizalari soni esa 13 foizga ortgan.

Joriy yilning I choragida mamlakatimizdagi kompaniyalar 40 dan ziyod xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etishdi va tadbir qatnashchilariga O‘zbekistonning turistik salohiyati haqidagi axborotlar yetkazildi.

Madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida 2017 yilning 18–25 martida Qozog‘iston Milliy muzeyi (Ostona shahri) da «O‘zbekiston zamonaviy san'ati» ko‘rgazmasi tashkillashtirilgan, 2017 yilning 5 aprelidan 10 mayiga qadar A.S,Pushkin nomidagi tasviriy san'at Davlat muzeyi (Moskva shahri) da I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi eksponatlaridan iborat «Nukus xazinasi» ko‘rgazmasi o‘tkazilgan.

Top