O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri bir qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bergan.
Unga ko‘ra, polkovnik Mirziyayev Muxtor Asrorovich – Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, podpolkovnik Xojanov Jo‘rabek Mamirovich – Jizzax viloyati Jizzax shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari, viloyatning 4 tumanida ham IIB boshliqlari o‘zgargan.
Xususan, podpolkovnik Boliyev Jaloliddin Ablaqulovich – Jizzax viloyati G‘allaorol tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, mayor Eshbekov Oybek Qarshiboyevich – Forish tumani IIBga, mayor Murodov Akmal Bahodirovich – Do‘stlik tumani IIBga, mayor Nurmatov Isroiljon Ibraimjonovich – Baxmal tumani IIBga boshliq etib tayinlangan.
Avvalroq Toshkent IIBB boshlig‘iga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergandik.