02:17 / 12.05.2017
11975

«Ayaks» va «MYu» Yevropa Ligasi finalida o‘ynaydigan bo‘ldi

Yevropa ligasining 1/2 finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi va unda finalchilar nomi aniq bo‘ldi.

Fransiyada «Olimpik Lion» Niderlandiyaning «Ayaks» klubini qabul qilib, 1:4 hisobidagi farqni yo‘qqa chiqarishga harakat qilib ko‘rdi. Uchrashuvning 27-daqiqasida Kasper Dolberg mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq Aleksandr Lyakazett bir daqiqa ichida ikkita to‘p kiritib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Rashid Gezzal tomonidan kiritilgan gol hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib kelgandi, biroq lionliklar boshqasiga kuchi yetmadi va «Ayaks» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa «Manchester Yunayted» Ispaniyaning «Selta» klubini qabul qilib, kerakli natijaga erishdi. 17-daqiqada Maruan Fellayni hisobni ochgan bo‘lsa, 85-daqiqada Ronkalya hisobni tenglashtirdi. «Selta» finalga chiqishi uchun bitta gol kiritishi lozim edi. So‘nggi daqiqalarda jamoada buning uchun imkoniyatlar bo‘lgan bo‘lsada, jamoa vaziyatlardan foydalana olmadi va natijada «Manchester Yunayted» finalning ikkinchi jamoasi bo‘ldi.

Endilikda «Ayaks» va «Manchester Yunayted» Yevropa ligasi g‘olibligi uchun maydonga tushadi. Uchrashuv 24 may kuni Shvetsiya poytaxti Stokholmda bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi, 1/2 final
Javob uchrashuvlari

Lion (Fransiya) – Ayaks (Niderlandiya) 3:1 (2:1)
Gollar: Lyakazett (45, penalti, 45+1), Gezzal (81) – Dolberg (27).
Lion: Antoni Lopesh, Nkulu, Morel (Rybus, 74), Rafael, Diakabi, Valbuena (Gezzal, 77), Gonalon, Korne, Tolisso, Fekir, Lyakazett.
Ayaks: Onana, Sanches, Virgever, Veltman (Tete, 65), Klassen, de Ligt, Shyone (van de Bek, 59), Ziyosh, Yunes (Klyuyvert, 82), Traore, Dolberg.
Ogohlantirishlar: Morel (18), Tolisso (19), Diakabi (49), Veltman (49), Klassen (50), Nkulu (61), Fekir (61), Virgever (68).
Chetlatish: Virgever (84).
Dastlabki uchrashuv – 1:4.

Manchester Yunayted (Angliya) – Selta (Ispaniya) 1:1 (1:0)
Gollar: Fellayni (17) – Ronkalya (85).
Manchester Yunayted: Romero, Valensiya, Bayi, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Lingard (Runi, 86), Fellayni, Mxitaryan (Kerrik, 77), Reshford (Smolling, 89).
Selta: Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Radoya (Bongonda, 68), Ernandes, Vass (Xosabed, 46), Sisto (Bovyu, 80), Gvidetti, Aspas.
Ogohlantirishlar: Blind (32), Aspas (66), Errera (81), Kabral (90).
Chetlatishlar: Bayi (87) – Ronkalya (88).
Dastlabki uchrashuv – 1:0.

Top