19:21 / 12.05.2017
6214

Xitoy - Yevropa temiryo‘l reyslari markazida kichik yubiley

Foto: Sinxua

Shinjong-Uyg‘ur avtonom tumanining markazi Urumchi shahrida Xitoy – Yevropa reysi bo‘yicha 200-poyezd sostavi yo‘lga tushdi.

PVX-mahsulotlar yuulangan 41 ta konteynerdan iborat poyezd sostavi Urumchidagi termir yo‘l markazidagi platformadan sekin jildi. Oradan 12 kun o‘tgach u Rossiyaning Krasnodar shahriga yetib boradi.

Bu poyezd yo‘lga tushishi bilan Germaniyaning Duysburg shahridan boshqa sostav sellyuloza ortgancha Xitoy tomon yo‘lga chiqadi.

“Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini to‘laqonli amalga oshirish uchun 2016 yilning mayida Urumchi shahri temir yo‘l boshqarmasi zamonaviy Xitoy – Yevropa temiryo‘l reyslari markazini qurib, ishga tushirgan edi.

Top