14:55 / 12.05.2017
11999

Ukraina TIV rahbarining Tramp bilan uchrashishi uchun 400 ming dollar to‘langani aytildi

Foto: Facebook/ukr.embassy.usa

Ukraina Oliy radasi deputati Andrey Artemenkoning aytishicha, Kiyev Ukraina delegatsiyasining AQSh oliy rahbariyati bilan uchrashishi uchun 400 ming dollar to‘lab bergan.

"Ukraina tomoni bu uchrashuv uchun Amerikaning noma'lum firmasiga ukrain soliq to‘lovchilari pullari yordamida mablag‘ to‘lagan. Ular ukrain xalqidan o‘g‘irlangan 400 ming AQSh dollaridir", - deya yozdi Artemenko Facebook’dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqdagi ma'lumot yarim yil ichida AQSh adliya vazirligi rasmiy resurslarida paydo bo‘ladi, sababi Amerika qonunchiligi shuni talab qiladi.

Bundan tashqari, Artemenkoning aytishicha, Ukraina delegatsiyasining Tramp va Pens bilan uchrashuvi umuman rejalashtirilmagandi, biroq “prezident Trampning Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov va elchisi Kislyak bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuviga kompensatsiya” tarzida o‘tkazildi.

Deputatning qo‘shimcha qilishicha, uchrashuv haqidagi tashabbus Oq uydan chiqqan, uning o‘zi esa olti daqiqa davom etgan.

Kecha Tramp Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkinni Oq uyda qabul qildi. Shuningdek Klimkin vitse-prezident Maykl Pens bilan muzokaralar o‘tkazdi, uchrashuvda asosiy mavzu Donbassdagi vaziyat bilan bog‘liq bo‘ldi. Kiyevda bu uchrashuvni “qo‘llab-quvvatlashning kuchli signali” deb atashdi.

Mavzuga oid
Top