11:01 / 13.05.2017
16196

Inesta «Real»ning ChL finaliga chiqqani va kimni futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblashi haqida gapirdi

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inestaning fikricha, Madridning «Real» jamoasi YeChL finaliga haqli ravishda yo‘l oldi. Zinedin Zidan shogirdlari turnirning yarim finalida «Atletiko» ustidan zafar quchishdi. Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Turinning «Yuventus» klubiga nisbatan ham xuddi shunday fikrni bildirgan.

«Real» va «Yuventus» YeChL finaliga haqli ravishda chiqishdi. Biroq, o‘zing final ishtirokchisi bo‘lmasang, qiziqishni yo‘qotasan», - deya Inestaning so‘zlarini keltiradi Marca.

Inesta dunyo futboli tarixida kimni eng yaxshi futbolchi, deb hisoblashi haqidagi savolga ham javob qaytardi. U bu nom Lionel Messiga tegishli ekanini aytgan.

«Real» va «Yuventus» o‘rtasidagi YeChL final uchrashuvi Kardiffda 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Top