13:08 / 13.05.2017
17285

Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Nukus shahar IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasiga podpolkovnik Orinbayev Amanbay Tleubayyevich boshliq etib tayinlandi. Bu haqda Kruz.uz xabar bergan.
 
Orinbayev Amanbay o‘tgan yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri ichki ishlar bo‘limiga rahbar etib tayinlangan edi.

Shuningdek, Nukus shahri ichki ishlar bo‘limiga ham yangi boshliq tayinlandi.

Bundan buyon podpolkovnik Seytnazarov Genjyebay Abipovich Nukus shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat olib boradi.

Top