16:25 / 13.05.2017
9422

Toshkentda qarzi 31,6 million so‘m bo‘lgan aliment to‘lovchi aniqlandi

Joriy yilning 12 may kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Uznews.uz.

Ma'lum bo‘lishicha, 1972 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi 5 yil davomida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. Shu tariqa, uning voyaga yetmagan farzandlari ta'minoti uchun to‘lanmagan pullari miqdori 31 659 909 so‘mni tashkil qildi.

Shu sababdan, ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-1 moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni damda tergov olib borilmoqda.

Top