Portugaliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Benfika» va «Vitoriya Gimaraesh» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv chempion nomini aniqlab berdi.
Jonasning dubli, Franko Servi, Raul Ximenes va Pitstsining bittadan gollari lissabonliklarga yirik 5:0 hisobidagi g‘alabani keltirdi.
Ushbu g‘alabadan keyin 81 ochko to‘plagan «Benfika»mamlakat chempionligini naqd qildi. «Portu»da bitta uchrashuv zaxirasi bo‘lsada, ular Lissabon jamoasidan 8 ochkoga ortda qolmoqda va qolgan ikki o‘yinda bu farqni yo‘qqa chiqara olmaydi. «Gimaraesh» esa 63 ochko bilan 4-pog‘onani band etgan.
«Benfika»ning bu ketma-ket to‘rtinchi, jami bo‘lib esa 36-chempionligi bo‘ldi. «Portu» bu sovrinni 27 marta yutgan bo‘lsa, «Sporting» hisobida 18ta chempionlik unvoni bor.
Portugaliya primeyra ligasi, 33-tur
Benfika - Vitoriya Gimaraesh
Gollar: Servi (11), Ximenes (16), Pitstsi (37), Jonas (44, 67-pen).