12:16 / 14.05.2017
11635

Putin terrorizm va noqonuniy migratsiyaning iqtisodiy vajlarini sanab o‘tdi

Foto: Sinxua

«Qashshoqlik, ijtimoiy ta'minlanmaganlik, mintaqa mamlakatlari rivojlanish darajasidagi ulkan farq xalqaro terrorchilik, ekstremizm, noqonuniy migratsiya uchun oziq muhiti bo‘lib xizmat qilmoqda», — degan RF prezidenti Vladimir Putin Pekindagi «Bir makon, bir yo‘l» forumidagi chiqishida. 

«Ochiqlik, erkin savdo g‘oyalari bugungi kunda tez-tez rad etib turilibdi, boz ustiga, yaqindagina uni yoqlab chiqqanlar tomonidan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi muvozanatning buzilishi, globalizatsiyaning avvalgi modeli tanazzulga uchrashi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar va xalqaro xavfsizlik uchun negativ oqibatlarga olib keladi», — dedi Putin.

«Agar biz global iqtisodiy rivojlanishdagi ushbu turg‘unlikni bartaraf eta olmasak, tahdidlarga qarshi tura olmaymiz», — dedi u.

Mavzu
«Bir makon, bir yo‘l» forumi
14-15 may kunlari Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda 28 davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top